17 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida MSK raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov tanqidiy çiqişlari orqali Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda mahalliy kengaşlarning deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonidagi kamçiliklarni körsatib berayotgan jurnalist va blogerlarga minnatdorçilik bildirdi.

«Internet saytlari, matbuot naşrlari, radio va televideniyeda saylovga oid 60 mingdan ortiq çiqiş qilindi. Buning içida ikki mingdan oşiği tanqidiy materiallardir. Bu materiallar uçun jurnalistlarimizga, blogerlarimizga rahmat aytişimiz kerak. Kamçiliklarimizni körsatişyapti. Ularning çiqişlari orqali qayerda, qanday kamçiliklarga yöl qöyayotganimizni bilib olyapmiz. Tanqidiy çiqişlardan keyin darhol kamçiliklarni bartaraf etiş çorasini köryapmiz. Bu – hammamiz uçun ham yaxşi bir yönaliş. Ayniqsa, saylov jarayonida oçiqlik, matbuot erkinligi ta'minlanayotganidan xursand bölişimiz kerak», deya Mirzo Uluğbek Abdusalomovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U ayrim nomzodlar haqidagi plakatlar, saylovoldi taşviqotiga oid bannerlardagi xatolar aynan blogerlarning çiqişlari orqali aniqlanib, Markaziy saylov komissiyasining aralaşuvi bilan bu kabi muammolar tezda bartaraf etilganini qayd etib ötgan.

MSK a'zosi Alişer Isoqboyevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hozirgi kunga qadar akkreditatsiyadan ötkazilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari soni 283 nafarga, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari soni esa 99 nafarga yetdi.

Bugungi majlisda Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq Belgiyaning «Diplomat Magazine» jurnali, AQŞning «Radio svoboda» Yevropa xizmati, Tailandning «NBT World» telekanali, Şveytsariyaning «Diva International» jurnali, «Kun.uz» internet naşri, «Podrobno.uz» yangiliklar agentligining saylovlarni yoritişda iştirok etuvçi 20 nafar jurnalistni akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça qaror qabul qilindi.

Şuningdek, tadbirda saylovga oid tahliliy materiallarning kam ekani, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlarning aksariyati şaxsiy fikr, şov-şuvli xabarlardan iborat bölib qolayotgani tanqid qilindi.