Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida prezidentning «Turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga köra, 2020 yil 1 iyuldan boşlab viza (vizasiz) rejim muddati içida, ammo 30 kundan oşmagan holda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasi hududida röyxatdan ötkazilişini bekor qiliş rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, oktabr oyi oxirida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev çet el fuqarolarini migratsiya politsiyasi organlarida majburiy röyxatdan ötkazişni bekor qiliş töğrisida körsatma bergan edi.

Töqayevning sözlariga köra, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda hukumat va hokimlar faoliyatining muhim yönalişlaridan biri - bu Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti mamlakatlarining standartlari hamda tamoyillarini jadal amalga oşiriş. Davlat rahbari buni nafaqat sohaviy yondaşuvlar darajasida, balki mintaqalarda ham amalga oşiriş kerakligini ta'kidladi.

«Darvoqe, IHTT standartlari haqida. Agar biz haqiqatdan ham yirik şaharlar va umuman mamlakatning investitsiyaviy hamda sayyohlik jozibadorligini oşirişni istasak, çet el fuqarolarini migratsiya politsiyasi idoralarida majburiy röyxatdan ötkaziş kabi anaxronizmdan (öz zamonasiga mos kelmaydigan eski qaraşlar - tah. izohi) xalos bölişimiz kerak. Majburiy röyxatdan ötkaziş - çet ellik mehmonlar uçun noqulaylikdan taşqari, katta korrupsiya manbai bölib, bu mamlakatning va butun Olmaotaning obrösiga salbiy ta'sir qiladi», - dedi Qosim-Jomart Töqayev.

Qozoğiston prezidentining ta'kidlaşiça, çet ellik mehmonlarning çegara nazoratidan ötişining özi migratsion rasmiylaştirişdir.

«Biz juda köp gapirayotgan raqamlaştiriş nimani anglatadi? Hukumat bu masalani yangi yilga qadar hal qilişi kerak. Içki işlar vazirining ta'kidlaşiça, biz bunga tayyormiz», - deya qöşimça qilib ötdi davlat rahbari.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, çet elliklar Qozoğiston çegarasini kesib ötgan kundan boşlab beş kun içida içki işlar organlarida röyxatdan ötişlari şart.