Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Rossiya sportçilarini Olimpiada va jahon çempionatlaridan çetlatiş haqidagi qarori futbolgayam taalluqlidir. Bu haqda «Çempionat.ru» naşri tahliliy maqolani e'lon qildi.
Avvalroq, WADA ijro qömitasi Rossiya sportçilarini öz bayroği va madhiyasi ostida tört yil muddatga yirik xalqaro musobaqalarda iştirok etiş huquqidan mahrum qilgan edi. Bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yöl qöyilişi sabab böldi.
WADA qarorining futbolga aloqador muhim jihati – Rossiya milliy jamoasi Yevro-2020 turnirida iştirok etadi. Şuningdek, musobaqaning Rossiyada ötkaziladigan qismi özgartirilmaydi. Ammo 2022 yilgi jahon çempionatida Rossiya milliy jamoasi bölmaydi.
Yevro-2020: Rossiya milliy jamoasi iştirok etadi
WADA öz qaroriga bergan tuşuntirişda Yevro-2020 musobaqasi UYeFA qaramoğidagi turnir ekanini va bu taşkilot WADA kodeksini imzolamaganini qayd qildi. Bundan taşqari, turnir ham hududiy ahamiyatga ega bölib, major evens (muhim musobaqalar) toifasiga kirmaydi. Demak, Yevro-2020 öyinlarining Rossiyada ötkazilişiga va Rossiya milliy jamoasining bu turnirda iştirok etişiga heç qanday tösiq yöq. Eslatib ötamiz, rossiyaliklar guruh bosqiçining 2ta öyinini Sankt-Peterburgda, 1ta öyinini Kopengagenda ötkazişadi. Pley-offga yöl olişsa, öyinlar soni yanada oşişi mumkin.
JÇ-2022: Rossiya milliy jamoasi iştirok etmaydi
2022 yilda ötkaziladigan Qatardagi jahon çempionati saralaşida Rossiya milliy jamoasi iştirok etadi. FIFA WADA kodeksini imzolagan bölsa-da, jahon çempionati saralaş öyinlari qit'alarga tegişli. Demak, rossiyaliklarning turnirda iştirok etişiga heç qanday monelik yöq.
Ammo, Rossiya milliy jamoasi Qatar-2022 yöllanmasini qölga kiritsa ham, musobaqada bölmaydi. Bu haqda WADA vakillari Lozannada ötkazilgan matbuot-anjumanida xabar berişdi, lekin yakuniy qarorni FIFA qabul qiladi. Qayd qiliş joizki, FIFA qançalik qudratli bölmasin, WADA qaroriga qarşi çiqolmaydi.
U holda Rossiya örniga Qatarga qaysi jamoa boradi? Neytral sportçilar jamoasi. Ularning har biri musobaqada iştirok etiş uçun alohida ruxsat olişi, ya'ni doping bilan boğliq barça sinovlardan ötişi şart. Qayd qiliş joizki, jamoaning nomida «Rossiya» sözi bölmasligi lozim. Şu örinda 2018 yilda ötkazilgan Pxyonçxandagi qişki Olimpiada öyinlarini eslaş örinli. Bu turnirda Rossiya milliy jamoasi doping muammolari tufayli sanksiyaga uçragan va «Rossiyalik olimpiya atletlari» nomi ostida, bayroqsiz va madhiyasiz iştirok etgan edi. Bu safar ham nafaqat bayroq va madhiya, balki jamoaning nomida «Rossiya» sözi ham bölmaydi.








