Joriy yilning 12 dekabr kuni Namangan va Farğona aeroportlaridagi noqulay ob-havo şaroiti (kuçli tuman) tufayli, «Moskva-Namangan» yönalişida parvoz qilgan Red Wings aviakompaniyasi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 05:57da Toşkent xalqaro aeroportiga qönişga majbur böldi.
Uzbekistan Airports xabariga köra, Toşkent aeroportida yölovçilarning qulay kutişi uçun barça şaroitlar yaratildi, şu jumladan issiq ovqat taşkil etilgan.
Soat 16:00 holatiga köra, uşbu reysdagi 219 yölovçining 61 nafari Toşkent aeroportida qolmoqda. Red Wings aviakompaniyasi ularni mehmonxonada joylaştiriş çoralarini körmoqda.
Namangan va Farğona aeroportlarida ob-havo şaroitlari tufayli körişning çeklanişi saqlanib qolmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Şuningdek, Uzbekistan airways’ning Toşkent-Namangan yönalişi böyiça parvoz qilgan Airbus A320-214 samolyoti Namangan aeroportidagi ob-havo şaroiti tufayli ortga qaytdi.
Bundan taşqari, Nordwind aviakompaniyasining Moskva-Namangan yönalişidagi Boeing 737-8SH havo kemasi Namangan aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli Toşkentga qöndi.
Uzbekistan airways’ning Moskva-Farğona reysidagi Boeing 757-231 samolyoti Farğona aeroportidagi noqulay ob-havo tufayli Toşkentga qönadi.
Utair’ning Moskva-Farğona yönalişidagi Boeing 737-8GU havo kemasi Farğonadagi noqulay ob-havo tufayli Toşkent aeroportiga qönişni rejalaştirmoqda.









