Yalpi majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva kirish nutqi bilan ochib berdi. Tanzila Norboyeva qonunlar ijrosini ta'minlashda parlament so‘rovlari katta samara berayotganini ta'kidladi. Shuningdek, ayrim senatorlarni tanqid ostiga olib, ular o‘z hududidagi muammolarni ko‘tarib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘yishganini qayd etdi.

Yalpi majlis kun tartibiga 17ta masala kiritilgan bo‘lib, shulardan 11tasi qonun muhokamasidir.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatining eng oliy organida o‘tgan yalpi yig‘ilishdan fotolavhalarni taqdim etadi.

Namangan viloyati hokimi senator Xayrulla Bozorov
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofur Mirzayev
Davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident
maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, senator Qahramon Quronboyev
Qashqadaryo viloyati hokimi, senator Zoir Mirzayev va Toshkent shahar hokimi,
senator Jahongir Ortiqxo‘jayev
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev va senator Rustam Inoyatov