Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi ma'lumotiga köra, 2019 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30lar atrofida, Qarağanda viloyatidagi «Qarağanda-Balxaş» avtomobil yölida qarama-qarşi töqnaşuv natijasida Özbekiston fuqarosi I.Y. halok böldi, A.Y., V.K. va H.A. jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barçasi Qozoğiston hududiga Rossiyadan kirişgan.
Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, uşbu fakt böyiça Qarağanda viloyati yöl politsiyasi tergov olib bormoqda.
Elçixonaning konsullik bölimi vaziyatni nazoratga olgan va Qarağanda viloyatining tergov organlari va tibbiy muassasalari bilan aloqada bölib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va Qozoğistonning Nur-Sulton şahri, Aqmola, Şimoliy Qozoğiston, Pavlodar, Qöstanay va Qarağanda viloyatlarida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi elçixonasiga: +7-717-295-42-52 raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan.








