«O‘zbekiston 25 yil partiyasizlik sharoitida yashadi» – Sherzod Qudratxo‘jayev

10 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Sherzod Qudratxo‘jayev siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti jarayoniga e'tiborsizligini tanqid qilarkan, O‘zbekiston 25 yil davomida partiyasizlik sharoitida yashaganini ta'kidladi.
«O‘zbekiston, afsuski, 25 yil davomida partiyasizlik sharoitida, siyosatchilik yo‘q sharoitda yashadi. Siyosiy partiyalar bilan bog‘liq muammolarga shu narsa sababchi. So‘nggi uch yilda ana shu 25 yillik merosning qo‘zg‘alishi qiyin bo‘ldi. Lekin bugun o‘ylaymanki, mana, ko‘pchilik ko‘ryapti – odamlarimizda katta o‘zgarish bor. Ba'zida odamlar partiyalardan oldinda yuradi. Zamonaviy, yaxshi parlament shakllanishi uchun yana 2-3ta saylovlar kerakki, shunda siyosatchilar va partiyaviy muhit paydo bo‘ladi. Partiyalar mening gapimga xafa bo‘lishmasin, lekin bu safargi saylovlardan odamlar ko‘p narsani kutyapti», deya Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Sherzod Qudratxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Sherzod Qudratxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi raisi nomiga bir kunda 100ta xat keladi. Odamlarda partiyalarga nisbatan savollar ko‘pligi, uyida chirog‘i yo‘q, gazi yo‘q, maishiy muammosi bor fuqarolar ham MSKga xat yozayotgani aytib o‘tildi.
«Partiyalar joylarda mana shu masalalarni o‘ziga olganda yaxshi bo‘lgan bo‘lardi, shu bahona xalq, el ularni tanigan bo‘lardi», deydi Sherzod Qudratxo‘jayev.
Brifingda MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov partiyalar saylovoldi tashviqotini chiroyli boshlashganini, biroq keyinchalik jarayon sustlashib ketganini tanqid qildi.
«Partiyalarimiz saylovoldi tashviqotini mitinglar bilan juda chiroyli boshlashdi, ammo hozir mitingniyam ko‘rmayapman. Nimaga bunaqa bo‘ldi? Miting davomida tashviqotam qilsa bo‘ladi. Bitta yig‘ilishda Oliy Majlis deputatligiga, viloyat va tumandagi mahalliy kengashlarning deputatligiga nomzodlarni olib borib, saylovchilarga biryo‘la tanishtirsa bo‘ladi. Nomzodlarni chiqarishsin xalqning oldiga, xalq tanisin ularni. Qishloqma qishloq yurib, bitta kichkina mikrofonni qo‘yvolib gapirsayam bo‘ladi bizning partiyamiz bunaqa ish qiladi deb», deydi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov.
Markaziy saylov komissiyasi raisi fuqarolar deputatlikka nomzodlarning har biri shaxsiy Telegram kanalini ochib, unga dasturlarini joylashini, saylovoldi tashviqotini, saylovchilar bilan muloqotni mana shunday zamonaviy vositalari orqali yo‘l qo‘yishni taklif etishayotganini aytib o‘tdi.
Avvalroq MSK raisi joylarda saylovoldi tashviqoti ko‘ngildagidek olib borilmayotgani, fuqarolar deputatlikka nomzodlarni ko‘rmayotganidan shikoyat qilayotganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

12:00 / 26.02.2021
Ta'limdan pulni ayaydigan bo‘lsak, bu kelajagimizga bolta urish - Sherzodxon Qudratxo‘ja

19:57 / 31.08.2020
Sherzod Qudratxo‘jayev Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist sifatida taqdirlandi

13:20 / 06.01.2020
O‘zLiDeP bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi

14:18 / 25.12.2019