«Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinişiça, uşbu iş yuzasidan tuzilgan hukumat komissiyasi topşiriğiga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilişi vaqtida halok bölgan işçilarning har biri uçun ularning oila a'zolariga 100 million sömdan kompensatsiya puli ajratilgan va berilgan, şuningdek, marhumlarning dafn marosimlarini uyuştirişga har tomonlama kömak beriş topşirilgan.

«Bugun, hukumat komissiyasining topşiriğiga binoan Toşkent şahridagi Yunusobod metro liniyasi quriliş maydonçasida tuproqning qulaşi sabablari va oqibatlarini örganiş böyiça 100 million söm mablağ ajratilib, har bir oilaga yetkazib berildi. Şuningdek, qurbonlarning oilalari uçun motam tadbirlari va dafn marosimlarini taşkil etişda har tomonlama yordam körsatiş topşirildi», deyilgan xabarda.

«Özbekiston temir yöllari» marhumlarning yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etgan.

18 dekabr kuni taxminan soat 10:00da Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yer öpirilişi röy berib, işçilarni tuproq bosib qoldi. Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu fojia oqibatida halok bölganlar soni 6 nafarga yetgan.

Bundan avvalroq Boş prokuratura Yunusobodda röy bergan hodisa yuzasidan jinoiy iş oçilgani töğrisida ma'lum qilgandi.