Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Kun.uz’ga bergan intervyusida Özbekistonning qöşni mamlakatlar bilan davlat çegaralarini belgilaş böyiça olib borilayotgan muzokaralar va ularning natijalari haqida ma'lum qildi.

«Çegara masalalari Özbekiston uçun nihoyatda muhim. Mana uç yil davomida prezidentimiz taşabbuslari bilan biz barça Markaziy Osiyo davlatlari bilan çegara masalalari böyiça juda katta intensiv muzokara olib boryapmiz. Ayniqsa, Qirğiziston bilan 2017 yil 5 sentyabrda Özbekiston prezidentining Qirğizistonga davlat taşriflari doirasida biz 1170 kilometrli [çegaralarimizni delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça] bitimni imzoladik. 2018 yil mart oyida prezidentimizning [Tojikistonga] davlat taşrifi doirasida bitim imzolandi, bu bilan Tojikiston bilan delimitatsiya masalasini hal qildik.

Qozoğiston bilan 2014 yilda demarkatsiya masalasi muhokama qilina boşlangan. 2004 yildan beri, mana, şunça yil davomida muzokaralarni qilgan bölsak-da, hozirgaça yakunlanmaganining sabablari bor. çunki biz bundan uç yil oldin mutlaqo boşqaça mazmunda muzokaralar olib borganmiz. Qandaydir murosaga keliş, özaro kelişuvga erişiş yöllarini topiş imkoni yöq edi. Hozirgi kunda prezidentimiz topşiriqlariga asosan ikki tomonning ham manfaati közlangan va murosaga keliş kerak bölgan joyda yer almaşiş asosida masalani hal qilyapmiz. Qozoğiston bilan muzokaralar oxiriga yetib boryapti. Bu yil oxirigaça ulgurmasak, yanagi yilga albatta Qozoğiston bilan demarkatsiya töğrisidagi bitimni imzolaymiz va tölaqonli çegarani rasmiylaştiramiz», deya Ilhom Ne'matovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Turkmaniston bilan davlat çegaralarini belgilaş böyiça olib borilayotgan muzokaralarga ham töxtalib ötdi.

«Turkmaniston bilan ham [davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça] muzokaralarimiz yaxşi, intensiv ravişda ketyapti. Hozirgi kungaça juda köplab uçraşuvlar böldi. Yaqinda Turkmanobodda uçraşuv böladi. Turkmaniston bilan ham kelişuv masalalarini şu yil oxiriga yetkazdik. Yanagi yilga ular bilan ham bitimni imzolaymiz va çegaralarimizni rasmiylaştiriş masalasini töliq hal etamiz», deb aytgan Ilhom Ne'matov.

TIV mulozimining sözlariga köra, Qirğiziston bilan çegaralarni belgilaş böyiça taxminan 60 kilometrga yaqin masofani öz içiga olgan 7 uçastka qolmoqda. Ilhom Ne'matov bu böyiça muzokaralar davom etayotgani va 2020 yilda bu masala hal qilinişini, ikki davlat çegaralarini yuridik jihatdan rasmiylaştiriş oxiriga yetkazilişini ta'kidladi.