Ilhom Ne'matov O‘zbekiston va Tojikiston chegaralaridagi minalar zararsizlantirilishi qachon yakunlanishini aytdi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Kun.uz'ga bergan intervyusida O‘zbekistonning ayrim qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlaridagi mina maydonlarini zararsizlantirilishi bilan bog‘liq ishlar qaysi bosqichda ekanligini ma'lum qildi.
«Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama komissiya tuzilgan. Ushbu komissiyalar maxsus tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borishyapti. Bu sohada ish ketyapti. Uchrashuv muntazam ravishda bo‘lyapti. Yaqinda buniyam yakunlaymiz. Menimcha, yanagi yilga bu ishni yakunlasak kerak», deydi Ilhom Ne'matov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning 90-yillarida O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaraning tog‘li qismlariga minalar joylashtirgan bo‘lib, o‘shanda rasmiy Toshkent bunday harakatlarni O‘zbekiston Islomiy harakati jangarilarining mamlakat hududiga kirishiga to‘sqinlik qilish bilan izohlagan. Tojikiston milliy mina markazi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 20 mobaynida 374 nafar tojikistonlik piyodalarga qarshi minalar portlashi oqibatida halok bo‘ldi, yana 485 nafar tojikistonlik jarohat oldi. Qayd etilishicha, fojialar nafaqat Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida, balki respublika ichkarisida ham yuz bergan.
Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Tojikiston Respublikasiga tashrifi davomida o‘zaro chegara hududini minalardan tozalash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi, shundan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik xizmatlari rahbarlari o‘rtasida davlat chegarasini minalardan tozalash bo‘yicha kelishuvni imzolanib, proffesional ishchi guruh tuzilgani, ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli tugallash uchun taxminan 600 million AQSh dollari talab etilishi va chegarani minalardan tozalash 2019 yil oxiriga qadar davom etishi aytilgandi.
2018 yilning oktyabrida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining Panjikent va Samarqand shaharlari yo‘nalishida minalardan tozalash ishlari olib borilayotgni, tojikistonlik mutaxassislar o‘zbek sapyorlariga chegarani minalardan tozalashda yordam berishayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024