Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bu holatni ijobiy baholagan.

«Albatta bu raqam içida bir kişi butun oila a'zolari nomidan ovoz berganlar ham bor. Ammo şunday bölsada, ança işonarli raqam bu.

Avvalgi yillarda bu raqam hech qaçon 85 foizdan kam bölmagan. Ilgari qatnaşgan saylovchilar sonini sun'iy köpaytiriş uçun rosa harakat qilişgan. Keling, soliştiriş uçun avvalgi saylovlardagi «yavka»ni körib çiqamiz:

2016 yil (Prezidentlik saylovi) – 87,73%;
2015 yil (Prezident) – 91,08%;
2014 yil (Parlament saylovi) – 88,94%;
2009 yil (Parlament) – 87,8%;
2007 yil (Prezident) – 90,6%;
2004 yil (Parlament) – 85,1%;
2002 yil (Referendum) – 91,58%;
2000 yil (Prezident) – 95,1%;
1999 yil (Parlament) – 95,03%.

Joriy yilda saylovda iştirok etiş foizining kam bölgani xalqimizning siyosiy qiziqişi avvalgi yillarga qaraganda kamayib ketganini anglatmaydi. Aksinça, bu – saylovlarda közböyamaçiliklar, «yavka»ni kötariş uçun ovozlarni soxtalaştiriş hamda qöşib yoziş kam bölganini anglatadi.

Bu juda quvonarli hol, men Sizga aytsam! Bravo! Şu tempni saqlab qoliş, kelgusi yillarda raqamlarni yanada şaffoflaştiriş kerak!», deya yozadi bloger.

Bloger Nozim Safari ham bu holatni yaxşi belgi sifatida qabul qilgan. «Saylovlar yakunlandi. 71 foiz yavka bilan. Kuzatuvçilar faollaşuvi sabab raqamlar realga yaqinlaşdi deb öylayman. Prognozlarimiz özini oqladi», deydi u.