20-sentabr kuni Germaniya poytaxti Berlin hamda Meklenburg – Old Pomeraniya yerida federal saylovlar bölib ötdi. Kansler Fridrix Mers rahbarligidagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) uçun ikkala saylov ham mağlubiyat bilan yakunlandi: Berlinda Deputatlar palatasi uçun ovoz berişda «Söl partiya» (Die Linke) ğalabani qölga kiritdi, Meklenburgda esa region parlamenti (landtag) uçun saylovda öta öng hisoblangan «Germaniya uçun muqobil» (AfD) partiyasi birinçi örinni egalladi. Ikkala partiya ham oldingi saylovlarda körsatgan natijasini ikki baravarga yaxşilagan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, «Söl partiya» Berlinda jami ovozlarning 25,7 foizini öziniki qilgan – bu 2023-yilda bölib ötgan oldingi saylovlar bilan soliştirganda 13,5 foiz punktga yaxşiroq. Oldingi saylovlar ğolibi bölgan XDI esa bu safar 18,8 foiz ovoz bilan kifoyalangan (9,4 foiz punkt pasayiş), keyingi örinlarda AfD (16,3 foiz), «Yaşillar» (14,3 foiz) va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (12,1 foiz) joylaşgan. Qolgan partiyalar, jumladan, «Sara Vagenknext ittifoqi» (BSW) partiyasi ham 5 foizlik çegaradan öta olmagan. Saylovda davomat 74 foizdan oşgan.
«Söllar» uçun bu Berlindagi saylovlar tarixidagi eng yuqori natija. Sönggi yillardagi rebrending va tarkib jiddiy özgartirilişi partiyaning muvaffaqiyatini taʼminladi. Partiyadagi rahbarlik lavozimlarini yoş siyosatçilar, jumladan, ayollar egalladi va ularning köpçiligi «Germaniya uçun muqobil» partiyasiga murosasiz pozitsiyani egallaydi.
«Söllar» öz saylovoldi kun tartibini berlinliklar uçun eng dolzarb va oğriqli bölgan uy-joy mavzusi atrofida qurişgan. Partiya saylovlarga allaqaçon şaharga tegişli bölgan xonadonlarda ijara haqini çeklaş va yirik xususiy ijaraga beruvçilarning 220 mingga yaqin kvartiralarini jamoat mulkiga ötkazişga erişiş vaʼdasi bilan kirişdi. Partiyadagi içki islohotlar hamda tanlangan kun tartibi bir yil içida tarafdorlar sonini ikki baravarga oşirişga yordam berdi: 2025-yil oxiriga kelib partiyaga aʼzolar soni 123 ming kişini taşkil etayotgandi.

Ğalabadan keyin Berlin şahri merligini «Söllar» yetakçisi – 45 yoşli Elif Eralp egallaşi kerak, Financial Times naşri uni «Berlinning Mamdaniyga javobi» deb taʼriflagan. Eralp – 1980-yilgi davlat töntarişidan keyin Turkiyani tark etgan muhojirlar farzandi hisoblanadi. U Berlinning muhojirlardan çiqqan ilk meriga aylanişi mumkin.
Meklenburg – Old Pomeraniyada esa «Germaniya uçun muqobil» partiyasi 38,2 foiz ovoz olgan – bu 2021-yilgi saylovlarga qaraganda ikki baravar yaxşiroq natija. Bungaça uşbu hududda rahbarlik qilgan sotsial-demokratlar esa 35,5 foiz bilan ikkinçi bölgan. Şuningdek, «Söllar» 6,5 foiz, «Yaşillar» 5,7 foiz ovoz bilan landtagga kirgan.












