Hammasi ravşandek körinadi: ma'lumotlar tayyor, ularni öqiysiz-u, yangi bilim va malakaga ega bölasiz. Ayniqsa öquv qurollari — kitob, maşğulot, onlayn servislar yetişmasligidan şikoyat qilişga hojat yöq. Ammo köpinça şunday böladiki, biz gigabaytlab ma'lumot olamiz va köp kuç, pul va vaqt sarflaymiz-u, ammo köpi bilan yuzaki bilimnigina egallay olamiz. Quyida buning sabablari va yeçimlari haqida ma'lumot beramiz.

1. Siz bilimlaringizni amaliyotda qöllamaysiz

Maktab va oliy öquv yurtida şunday öqitişgan: yangi bilimni egallaş uçun bir dasta darslikni şunçaki sinçiklab közdan köçiriş kerak xolos, keyin esa ötilgan materiallar asosida nazorat işi yoziladi. Ha, albatta, tuşunib-tuşunmasdan yodlaşdan taşqari laboratoriya maşğulotlari, amaliy darslar ham ötkaziladi. Ammo öqiş jarayonida ularning örni nazariya va testlarga nisbatan ança kam böladi.

Natijada bizga tuyiladiki, bilim oliş degani faqatgina darslikni diqqat bilan öqiş-u, nima yozilgan bölsa yodlaşdan iboratdek.

Vaholanki, ötgan asrning elliginçi yillarida psixolog Benjamin Blum butun dunyo böylab öquv dasturlarini işlab çiqişda köp yillardan beri qöllab kelinayotgan pedagogik maqsadlarni tasniflab çiqqan edi. Olim bilimni olti darajaga böladi, ularning eng quyi poğonasini esa aynan maktab va oliygohlarda eng köp vaqt ajratiladigan odatiy yodaki bilim egallagan.

Ha, usiz iloji yöq, yodaki bilim har qanday örganiş uçun poydevor bölib xizmat qiladi. Ammo ma'lumotni çuqur tahlil qiliş, amaliyotda qöllaş va uning asosida yangilik taşkil qiliş malakasi şakllanmasa, olingan bilim befoyda örganilgan faktlar yiğindisidan nariga ötmaydi. Ba'zida esa butunlay unutiladi.

2. Siz ta'lim olişni öyinga aylantirişni istaysiz

Hozir «edyuteyment» (education + entertainment) urfga aylangan, ya'ni öz içiga ham öqişni ham köngil oçişni olgan öqitiş usuli. Öqişning zerikarli usullaridan çarçagan odamlar çet tilini film va podkastlar orqali örganiş imkoniyatidan foydalanişni istaşmoqda.

Albatta, ilova dökonlarida bolalar va kattalar uçun möljallangan xizmatlar tez sur'atlarda köpayib ketdi, ular bizning nimadir yangi narsani osonlikça va öyinqaroqlik bilan örganişimizni va'da qiladi. Surat va qisqa videolar tomoşa qilamiz, sodda va qiziqarli vazifalarni bajaramiz, dam olamiz va boşqa foydalanuvçilar bilan suhbat quramiz.