Xitoyning Uxan şahrida onlayn platform orqali repetitorlik bilan şuğullanuvçi Li familiyali erkak haddan ortiq köp işlagani sabab vafot etdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Qayd etilişiça, Li universitetni tamomlaşi bilan kompaniyaga işga kirgan. Erkak tez-tez ortiqça iş yuklamalarini olib turgan va 22 apreldan boşlanişi kerak bölgan ta’tili oldindan ham şunday yöl tutgan. Dam oliş oldidan Li talabalar bilan qöşimça maşğulotlar olib borib, işdagi qarzlarini yopişga harakat qilgan.
Li yarim keçaga qadar ofisda qolib ketgan va uning bölajak turmuş örtoği bundan xavotirga tuşgan. Qiz Liga qönğiroq qilgan, biroq u göşakni kötarmagan. Ertasi kuni ofisga kelgan farroş stol ustida huşsiz yotgan erkakka duç kelgan.
Tibbiyot xodimlarining xulosasiga köra, Li yurak töxtab qolişidan vafot etgan — bu esa haddan ortiq stress va çarçoqdan kelib çiqqan bölişi mumkin. Mahalliy bandlik idorasi Lining ölimi iş bilan boğliqligini tasdiqlovçi hujjatlarni tayyorlaş bilan şuğullanmoqda.
25 aprel kuni kompaniya rasmiy bayonot bilan çiqib, xodimning ölimi ortiqça işlaş bilan boğliq emasligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, Li vafot etgan kunda barça xodimlar bayramga taklif qilingan, şu bois öşa kuni ortiqça iş rejimi rejada bölmagan.
Şunga qaramay, tarmoqlarda sobiq xodimlarning uşbu xabarga munosabatlari tarqaldi. Ulardan birining yozişiça, Li 400 nafar öquvçini boşqargan, ota-onalarning sörovlariga javob qaytargan va muntazam kuniga ortiqça olti soat işlagan.
Ofisdagi iş tartibi ham juda qattiq bölgan. Van familiyali sobiq xodimlardan birining aytişiça, örtiqça iş yuklamalari sabab unda bezovtalik paydo bölgan va ötgan yilning oxirida u işdan böşagan. Şuningdek, uning sözlariga köra, xodimlar hojatxonaga yoki tuşlikdagi tanaffusga çiqişdan oldin ham rahbariyatdan ruxsat söraşga majbur.
Xitoy mehnat qonunçiligiga köra, kunlik iş rejimi 8 soatdan, haftasiga ega 44 soatdan oşmasligi kerak. Bir oy davomidagi ortiqça iş yuklamalari esa 36 soatdan oşişi kerak emasligi belgilangan. Şunga qaramay, mamlakatda «ortiqça işlaş madaniyati» töğrisida xabarlar paydo bölişni davom etmoqda.









