23-24 dekabr kunlari Özbekiston şaxmat federatsiyasi va Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida ilk bora Özbekiston qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov xotirasiga bağişlangan şaxmat turniri ötkazildi.
Federatsiya xabariga köra, unda yuzdan ortiq professional hamda havaskor şaxmatçilar qatnaşişdi.

Turnir rapid yönalişida 7 turdan, “A” va “B” guruhlarda, şveysarça tizimda, FIDe qoidalari böyiça ötkazildi. Öyin vaqtini nazorat qilib boriş uçun elektron soatlardan foydalanildi.
Xotira turnirda qatnaşiş uçun professional şaxmatçilarning FIDe xalqaro reytingi 2000 balldan kam bölmasligi talab etildi. Havaskorlar örtasida qatnaşiş uçun esa Yozuvçilar uyuşmasi va Milliy teleradiokompaniya tomonidan taqdim etilgan röyxat asosida qatnaşiş imkoniyatiga ega böldilar.

Çempionatni ötkazişga Şaxmat federatsiyasining professional hakamlari bevosita rahbarlik qilişdi.
Xotira turniri söngida Özbekiston qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidovga Özbekiston şaxmat federatsiyasining “Faxriy grossmeysteri” unvoni va oltin medali berildi. Unvonni Erkin Vohidovning öğli Xurşid Vohidov qabul qilib oldi.


Professionallar örtasidagi ğoliblar:
1. Vohidov Şamsiddin
2. Şvanov Georgiy
3. Jumayev Marat
Havaskorlar örtasidagi ğoliblar:
1. Yusupov Murod
2. Yahyo Toğa
3. Ğofurov Eldor

Iştirokçilar diplom, medal va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.











