Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi mamlakatda «Yilning eng yaxşi federatsiyasi» deb e'tirof etildi.

Bu yönalişdagi milliy sport mukofotini 26 dekabr kuni «Navröz» tantanalar saroyida bölib ötgan taqdirlaş marosimida Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorjon Toşxöjayev qabul qilib oldi.

Marosimda, şuningdek, yengil atletikaçi Temur Ğiyosov Özbekistonning 2019 yildagi eng yaxşi paralimpiyaçisi deya e'tirof etildi. U joriy yilgi Jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritib, Tokio-2020 Paralimpiya öyinlariga yöllanma olgan edi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi sportçilari yakunlanib borayotgan yilda 18ta xalqaro musobaqada qatnaşib, jami 33ta oltin, 16ta kumuş va 18ta bronza medallarini qölga kiritdi.

Hozirgi qadar özbekistonlik 15 nafar paralimpiyaçi 2020 yil Tokioda böladigan yozgi Paralimpiya öyinlari yöllanmasiga ega bölib ulgurgan.