O‘zbekistondagi Freedom Finance kompaniyasi uchun yilning eng muhim voqeasi – SPO'da shisha ishlab chiqaruvchi yirik korxona – «Kvars» AJning mahalliy broker Portfolio Investmens bilan bir qatorda bitimning rasmiy anderrayteri sifatida ishtirok etgani bo‘ldi. SPO tashabbuskori «Kvars» AJ ning asosiy aksiyadori – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi. Davlat aksiyalarining 5 foizi joylashtirildi.

«Kvars» AJ, SPO doirasida 4.822.460 dona aksiyalarini sotishni rejalashtirgan edi. «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, aksiyalarning jami 4.890.179 donasiga 2.153 ta talabnoma kelib tushdi, ular obuna bo‘lish uchun taklif etilgan qimmatli qog‘ozlar hajmidan 1.4% ga oshib va natijada 101.4% ni tashkil etdi. Jalb etilgan mablag‘larning umumiy hajmi – 16.03 mlrd so‘mni tashkil etdi, Freedom Finance buyurtmalarning asosiy qismini, ya'ni 3.973.716 ta aksiyalar uchun 1.700 ta talabnomani jalb etdi, bu esa qimmatli qog‘ozlarning 82.4% ga sotilishini ta'minladi. Freedom Finance orqali jalb qilingan mablag‘lar hajmi 13.03 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, SPO «Kvars» AJ kompaniyasi pul ko‘rinishida sotuvga qo‘yilgan aksiyalar hajmi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi.

28 dekabr kuni Freedom Finance SPO doirasida «Kvars» AJ aksiyalarini sotib olish uchun ariza bergan investorlar orasida ikki xonali kvartiraning g‘olibini aniqladi. 

2019 yil oktyabr oyida O‘zbekistondagi Freedom Finance kompaniyasini o‘z ichiga olgan Freedom Holding Corp. bosh xolding kompaniyasi Nasdaq Capital Market'da listing jarayonidan o‘tdi va Nyu-Yorkda «FRHC» savdo belgisi ostida Freedom Holding Corp.'ga qarashli oddiy aksiyalari savdosi boshlandi, bu esa kompaniyaning samarali faoliyat ko‘rsatayotganini yaqqol namoyish etib, yuqori professional standartlar va moliyaviy institutlarning ishonchliligi uchun xalqaro mezonlarga javob bera olishiga tasdiqdir.

Kompaniya O‘zbekiston fond bozorida yuqori darajadagi xalqaro tajribani joriy etishga intilmoqda. Shu tariqa, 2019 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va «Toshkent» Respublika fond birjasi ko‘magi bilan «O‘zsanoatqurilishbank» OATB (Investor kuni) va «Kvars» AJ (Emitent kuni) o‘zaro qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Bunday tadbirlar emitentlarning ochiqligi va shaffoflikka bo‘lgan intilishini ta'minlaydi hamda minoritar investorlarga emitent kompaniyalarning uzoq muddatli rejalari to‘g‘risida ma'lumot berish, shuningdek ishlarni tahlil qilish bilan tanishish imkoniyati ishonch va o‘zaro tushunishni oshiradi.