Özbekiston milliy jamoasi 2020 yil mart oyida Qozoğiston milliy jamoasi bilan örtoqlik öyinini ötkazmaydigan böldi.
Championat.Asia manbasi bergan xabarga köra, qozoğistonliklar ustozi, çexiyalik mutaxassis Mixal Bilek UYeFA a'zosining Osiyo jamoalari bilan örtoqlik öyinini ötkazişida ma'no yöqligini aytgan va bahsning bekor qilinişiga erişgan.
Özbekiston – Qozoğiston öyini 26 mart kuni Toşkentda ötkazilişi lozim edi. Bu haqda avvalroq har ikkala mamlakat Futbol Federatsiyalari kelişib olişgan edi.
Qayd qiliş joizki, Özbekiston va Qozoğiston milliy jamoalari sönggi marta 2007 yilda, Çimkent şahrida ötkazilgan «Alma-TV Kubogi» doirasida töqnaş kelişgan va öyin 1:1 hisobida yakunlangan edi. Özbekiston milliy jamoasi öz tarixida Qozoğiston bilan 6 marta öynagan va 2 marta ğalaba qozonib, 1 marta yutqazgan. 3ta bahs durang natija bilan yakunlangan.
Endi Özbekiston milliy jamoasi 26 mart kuni Armaniston bilan örtoqlik öyinini ötkazişi mumkin. Gap şundaki, 30 mart kuni armanlar Almatida Qozoğiston milliy jamoasi bilan ham örtoqlik bahsida maydonga tuşişi lozim. Şu tufayli, Armaniston milliy jamoasi Qozoğistonga borişdan oldin Toşkentga «kirib ötsa» ajab emas.








