31 dekabr kuni AQŞning Bağdoddagi elçixonasida minglab kişilar yiğilib, amerikaliklarning şia ayirmaçilari manzillari tomon yöllagan aviazarbalaridan norozilik bildirişdi. Namoyişçilar elçixona devorlarini buzib, içkariga kirişgan.
Keyinroq Tramp tvitterida uşbu hujum ortida Eron turgani haqida bayonot berdi. U AQŞning odamlari halok bölsa yoki uning obektlariga zarar yetsa, Eronga «katta haq tölattiriş»ga va'da bergan.
«Odamlar halok bölsa yoki binolarimizga şikast yetsa, barça mas'uliyat Eron zimmasida böladi. Ular juda katta bahoda haq tölaşadi!
Bu ogohlantiriş emas, tahdid. Yangi yil bilan!», degan Tramp tvitterdagi sahifasida. Keyinroq jurnalistlar bilan muloqot vaqtida Tramp Eron bilan uruş bölişini istamasligini ham aytib ötgan.
....Iran will be held fully responsible for lives lost, or damage incurred, at any of our facilities. They will pay a very BIG PRICE! This is not a Warning, it is a Threat. Happy New Year!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) December 31, 2019
1 yanvar kuni Ali Xominaiy bayonot bilan çiqdi va agar Eron çorlovni qabul qilsa va jangga kirişsa, buni qat'iylik bilan amalga oşirişini aytdi.
«Biz uruşga intilmayapmiz, ammo biz Eron xalqi manfaatlarini, qadr-qimmati va şon-şarafini qattiq muhofaza qilamiz.
Agar kimdir bizga tahdid qilsa, biz ikkilanmasdan qarşi çiqamiz va javob zarbasini beramiz», degan u.
If the Islamic Republic decides to challenge & fight, it will do so unequivocally. We’re not after wars, but we strongly defend the Iranian nation’s interess, dignity, & glory.
— Khamenei.ir (@khamenei_ir) January 1, 2020
If anyone threatens that, we will unhesitatingly confront & strike them.
Çorşanba kuni Eron TIV ham AQŞning Tehrondagi manfaatlarini ifodalovçi Şveytsariyadagi işonçli vakilini çaqirtirdi. Eron hukumati u orqali «BMT nizomiga zid iş tutuvçi militarist» amerikalik mulozimlarga qarşi şikoyat bildirdi.
«AQŞ hukumati asossiz ravişda boşqalarni ayblaşning örniga, boşqa xalqlar bilan qanday gaplaşişni örganişi va okkupatsion harakatlarini töxtatişi kerak», deyiladi Eron Taşqi işlar vazirligi bayonotida.











