Qozoğiston Içki işlar vazirligi mamlakatda 30 kungaça bölgan barça toifadagi çet el fuqarolarini vaqtinça röyxatdan ötkazişni bekor qilmoqda, deb xabar berdi Informburo.kz mahkama matbuot xizmatiga tayangan holda.

Migratsiya qonunçiligiga tegişli özgartirişlarni 2019 yil 28 dekabr kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev imzolagan. Ular ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinganidan 10 kun ötgaç kuçga kiradi.

Qabul qiluvçi tomon migratsiya xizmatini çet ellik mehmon mamlakat hududiga kirgan kundan boşlab uç iş kuni mobaynida xabardor qilişi şart.

Agar çet el fuqarosi Qozoğistonda 30 kundan köproq vaqt davomida qolişni rejalaştirsa, unda qabul qiluvçi tomon (mehmonxonalar, xostellar, ijaraga olingan kvartiralar, tibbiy muassasalar hamda boşqa yuridik va jismoniy şaxslar) mehmonga vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini rasmiylaştirib berişlari şart böladi. 

Bundan oldin, Özbekistonda çet elliklarni röyxatdan ötkaziş bekor qilinişi xabar berilgandi.

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida prezidentning «Turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga köra, 2020 yil 1 iyuldan boşlab viza (vizasiz) rejim muddati içida, ammo 30 kundan oşmagan holda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasi hududida röyxatdan ötkazilişini bekor qiliş rejalaştirilmoqda.