Pentagon AQŞ prezidenti Donald Tramp buyruği bilan Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusining “Quds” maxsus bölinmasi qömondoni - general Qosim Sulaymoniyga qarşi amaliyot ötkazgani, uning natijasida general öldirilganini tasdiqladi.
“AQŞ qurolli kuçlari xorijiy terrorçilik guruhlari röyxatiga kiritilgan “Quds” kuçlari boşliği Qosim Sulaymoniyni öldirib, AQŞning xorijdagi personalini himoya qiliş uçun qat'iy mudofaa harakatlarini amalga oşirdi”, deyilgan Pentagon bayonotida.

Foto: AP
AQŞ mudofaa vazirligida ta'kidlanişiça, uşbu amaliyot Eronning hujumlari oldini oliş maqsadida ötkazilgan. Ta'kidlanişiça, Sulaymoniy Iroqda va butun Yaqin Şarq mintaqasida amerikalik diplomatlar va harbiylarga qarşi hujumlar rejalarini tuzgan, xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi bazalariga hujumlarni rejalaştirgan va AQŞning Bağdoddagi elçixonasiga hujumni ma'qullagan. AQŞ, şuningdek, Sulaymoniy va “Quds” zimmasiga “AQŞ va xalqaro koalitsiyaning yuzlab harbiylari halok bölişi, minglab harbiylarining yaralanişiga” javobgarlikni yuklagan.
“AQŞ butun dunyoda odamlarimiz va manfaatlarimizni himoyalaş uçun barça zarur harakatlarni amalga oşiradi”, deyilgan Pentagon bayonotida.
Öz navbatida Eron Sulaymoniy uçun öç olişga va'da berdi. Bu haqda Eronning maqsadga muvofiqlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy ma'lum qildi.
“Şahid ketgan Qosim Sulaymoniy oğa-inilari safiga qöşildi, u uçun AQŞdan öç olamiz”, deb yozgan Rizoiy tvitterda.
Sulaymoniy 2 yanvar keçki payt Bağdod aeroportiga raketa zarbalari berilişi vaqtida halok böldi. U bilan birga hujum vaqtida Iroqning Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi “Al-Haşd aş-Şa'biy” şia guruhi a'zolari halok bölgan, 12 iroqlik harbiy yaralangan.
Sulaymoniy Iroqdagi eronlik harbiy maslahatçilar işiga boşçilik qilgan va Eronning harbiy hamda agentura razvedkasi va Erondan taşqaridagi qöporuvçilik faoliyatiga javob beruvçi “Quds” maxsus bölinmasiga rahbarlik qilgan. Sulaymoniy bevosita Eronning oliy yetakçisi Ali Xomanaiyga böysungan.









