Iroqdagi "Al-Xaşd aş-Şaabiy" şialar qurolli guruhi tarkibiga kiruvçi "Kataib Hizbulloh" guruhi amerikalik harbiylar foydalanayotgan Iroqdagi bazalarga hujum qilişini bildirdi. Bu haqda guruhning maxsus operatsiyalar böyiça qömondoni bayonotida ma'lum qilindi.

"Iroq xavfsizlik kuçlari xodimlari yakşanba oqşomidan boşlab amerikalik duşman harbiy bazalaridan kamida bir kilometr uzoqda bölişlari lozim", - deyiladi bayonotda.

Şanba kuni Bağdodda uç marta raketa hujumi yuz berdi: şahar markazida – AQŞ elçixonasi yaqinida, al-Jadriya tumanida va poytaxt şimolida joylaşgan "Balad" harbiy bazasi joylaşgan hududda. Qurbonlar va jarohatlanganlar töğrisida hozirça ma'lumot berilmadi.

2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi Bağdodda AQŞ aviazarbasi natijasida Eronning "Quds" maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy va şialar qurolli guruhi rahbari örinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning ölimidan söng Iroqda vaziyat keskinlaşdi.

Turli manbalarga köra, amerikalik harbiylar Iroqdagi bir neçta harbiy bazalardan foydalanadi. Ular Iroq janubi, mamlakat şimolidagi Iroq Kurdistoni va poytaxt yaqinida joylaşgan.