Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 yanvar kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Davlat rahbari Usmonxon Alimovning milliy va diniy qadriyatlarni tiklaş, asrab-avaylaş, buyuk allomalar, mutafakkirlarning boy ilmiy merosini örganiş va tarğib qiliş hamda jamiyatda diniy bağrikenglikni mustahkamlaşga bağişlangan faoliyatiga alohida töxtalib ötdi.
Özbekiston Musulmonlari idorasi rahbari nafaqat yurtimiz va Markaziy Osiyoda, balki dunyo miqyosida tan olingan nufuzli ulamolardan biri ekani, uning Islom olami uyuşmasi ta'sis majlisi hamda Butun dunyo ulamolar kengaşi a'zosi etib saylangani, «Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» röyxatidan munosib örin egallagani butun Özbekiston xalqiga ulkan faxr bağişlaşi ta'kidlandi.
«Biz muftiy hazratlarini Islom ma'rifatining tolmas tarğibotçisi sifatida bilamiz va qadrlaymiz. «Tafsiri Irfon», «Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni», «Oilada farzand tarbiyasi» kabi asarlaringiz xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan», - dedi davlat rahbari.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning mamlakatimizda Islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantiriş, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu ğoyalarini, uluğ alloma va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini tadqiq etiş va xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş işlariga qöşgan munosib hissasi, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaş, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlaş borasidagi katta xizmatlari, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlaş, yoş avlodni ona Vatanga muhabbat, bağrikenglik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi ibratli faoliyatining yuksak e'tirof ramzi sifatida unga «El-yurt hurmati» ordenini topşirdi.


Muftiy Usmonxon Alimov Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot uçun taşakkur bildirib, sönggi yillarda jamiyat hayotining barça jabhalari qatori diniy-ma'rifiy sohada ham ulkan islohotlar amalga oşirilayotganini ta'kidladi. Muqaddas Islom dinini örganiş, ajdodlar merosini qayta tiklaş va ularni kelajak avlodlarga yetkaziş böyiça olib borilayotgan keng kölamli işlarda bor kuç-ğayratini safarbar qilişga tayyorligini bildirdi.








