Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Turk dunyosini tiklaş uçun qöşgan ulkan hissasi uçun» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Uşbu mukofot Turk dunyosi yozuvçilari, ziyolilari va san'at arboblari jamğarmasi TÜRKSAV (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı) tomonidan ta'sis etilgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma'lum qildi.   

Özbekiston Prezidentining uşbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanişi haqida TÜRKSAV’ning Anqaradagi maxsus matbuot anjumanida e'lon qilindi.  

Sovrindor nomi Turkiyada va xorijdagi atoqli siyosatçilar, iqtisodçilar, fan va san'at vakillarining 2019 yildagi faoliyatini kuzatiş va örganiş asosida TÜRKSAV’ning hay'at komissiyasi tomonidan e'lon qilingan. 

Matbuot anjumanida nutq sözlaganlar Özbekistonda barça sohalarda Şavkat Mirziyoyev boşçiligida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholaşgan. Şuningdek, Mirziyoyevning jadal islohotçilik faoliyati, uning nafaqat Özbekiston va uning xalqi, balki butun Markaziy Osiyoning farovonligi uçun qulay taşqi va içki şaroitlarni şakllantirişda öz aksini topayotgan şaxsiy sifatlari ta'kidlab ötilgan.  

TÜRKSAV mukofotining maxsus ramzi topşirilişi 2020 yil may oyida Anqarada tantanali ravişda bölib ötadi.

TÜRKSAV rahbari, turk yozuvçisi Yahyo Engin barça iştirokçilar nomidan Özbekiston rahbariga “çuqur hurmat izhorini, uning Özbekiston, Markaziy Osiyo, Turkiya va umuman Turk dunyosi oldidagi mislsiz va tarixiy xizmatlarining samimiy tan olinişi bilan çin qalbdan muborakbod etişni” yetkazib qöyişni söragan.  

Turli yillarda uşbu nufuzli mukofotga Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel, Ozarboyjon prezidenti Haydar Aliyev, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turk dunyosining boşqa davlatlari siyosatçilari, tadbirkorlari va san'at vakillari sazovor bölişgan.