Sönggi yangiliklardan biri dunyodagi barça göşt iste'mol qiluvçilarning iştahasini qözğatdi. Ma'lum bölişiça, qizil göşt bizga isbotlaşga harakat qilingan darajada zararli emas ekan.
Avvalgi tadqiqotlar natijalarini yana bir bor tahlil qiladigan munozarali hisobot bizni ehtiyot böliş va xalqaro soğliqni saqlaşda qabul qilingan tavsiyalarga kör-körona amal qilmaslik kerak degan fikrga olib keladi — ularda ratsionda qizil göşt miqdorini kamaytirişga undaşardi.
Mualliflar bir xulosaga kelişadi: qizil göştni iste'mol qiliş kamayişi hayot davomida saraton kasalligi rivojlanişiga qaysidir yöl bilan ta'sir qilişi haqida işonçli dalillar yöq. Borlari esa juda zaif.
Uşbu tahlilda olti million kişining kasallik tarixiga asoslangan 70ta tadqiqot natijalari körib çiqilgan.
Sönggi yillarda e'lon qilingan bir neçta ilmiy ma'ruzalar göşt va qayta işlangan ovqatlar zararini söroq ostida qoldirdi.
2018 yilda olimlar va siyosatçilar nitrat va nitritlardan qayta işlangan göşt uçun konservant sifatida foydalanişga qarşi kampaniya boşlaşdi, çunki bu kimyoviy moddalarni saraton kasalligi bilan boğlaydigan dalillar mavjud edi.
Ammo Anjyela Douden bu masalani örganib, nitrat va nitritlar boşqa mahsulotlarda köproq topilişini aniqladi.
Aslida yevropaliklar ratsionidagi nitratlar va nitritlarning 80 foizi sabzavotlar orqali iste'mol qilinadi. Bundan taşqari, ba'zi hollarda nitratlar soğliqqa şunçaki ijobiy ta'sir körsatadi — masalan, qon bosimini pasaytiradi.
Ammo bu hali hammasi emas. Nitritlar içak raki bilan boğlanuvçi kanserogen nitrozaminlarga aylanişi mumkin (ing. carcinogenic nitrosamines) va bu holat nitritlar aminlar — oqsilga boy oziq-ovqat tarkibidagi organik birikma bilan reaksiyaga kirişganda sodir böladi.
Göştdagi nitrat va nitritlarning sabzavotlardagiga qaraganda köproq xavfli bölişi mumkinligining sababi şunda.
Nitrozaminlar yuqori haroratli pişiriş paytida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiyalarda ham hosil böladi — bu ham seldereydan köra kolbasa yoki qovurilgan mol göşti köproq zarar keltirişiga urğu beradi.
Natijada saraton xavfi bizning ovqatimiz tarkibiga emas, balki uni qanday tayyorlaşimizga ham boğliqligi oydinlaşdi. Bunda grilda yoki tovada qovurilgan qizil göşt ayniqsa yuqori xavf tuğdiradi.










