AQŞning Federal aviatsiya boşqarmasi fuqarolik samolyotlariga Iroq, Eron, Fors va Ummon körfazlari ustidan uçişni taqiqladi. Boşqarma bu haqda tvitterda ogohlantirdi.
“Boşqarma Yaqin Şarqdagi vaziyat ortidan batafsil kuzatişni davom ettiradi”, deyilgan xabarda.
Ogohlantirişga köra, taqiqlov Yaqin Şarqdagi yuqori darajadagi harbiy faollaşuv va siyosiy keskinlik sababli kiritilgan. Ta'kidlanişiça, bunday vaziyat hisob-kitoblardagi xatolar va samolyotlarning notöğri identifikatsiyasi oqibatida AQŞ aviataşuvçilari faoliyatiga xavf soladi.
Avvalroq Pentagon Eron AQŞning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berganini tasdiqladi. Raketa hujumiga Ayn al-Asad bazasi va Erbildagi aeroport uçragan.














