Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati (SNBO) «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasining Tehron yaqinida halokatga uçragan yölovçi samolyotida bölganlar soni haqida ma'lumot berdi.
Samolyot Eron poytaxtidan Kiyevga parvoz qilayotgan edi.
Ma'lum qilinişiça, Boeing-737 bortida jami 167 yölovçi va ekipajning 9 nafar a'zosi bölgan. Ukraina boş vaziri Aleksey Gonçarukning tasdiqlaşiça, samolyotdagi 11 kişi - 2 yölovçi va ekipajning 9 a'zosi Ukraina fuqarolari edi.
Ukraina elçixonasi hozirça uşbu samolyot halokati terakt oqibatida röy bergani haqidagi taxminlarni istisno qilgan.
Öz navbatida, Eron naşrlari tarqatgan ma'lumotga köra, samolyotda jami 179 kişi bölgan, şundan 147 nafari eronliklar va 32 nafar xorijlik.
Ma'lumotlarga köra, yölovçilarning aksari Kanadada tahsil oluvçi eronlik talabalar bölişgan.
Eron tomoni halokatga samolyot dvigatelida yonğin çiqişi sabab bölganini bildirgan.
«Agar samolyotni raketa urganida u havodayoq portlagan bölardi», degan Eronning Yöllar va şaharsozlik vazirligi rasmiysi Kassir Nizami Boeinğga raketa urilgani haqidagi xabarlarni rad eta turib.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Eronda halokatga uçragan samolyot yölovçilari orasida önlab kanadaliklar bölgani töğrisida tasdiqlanmagan ma'lumot tarqalgandi:
• Eron fuqarolari - 71 nafar
• Kanada fuqarolari - 73
• Germaniya fuqarolari - 4
• Buyuk Britaniya fuqarolari - 3
• Şvetsiya fuqarolari - 8
• Afğoniston fuqarolari - 6
• Ukraina fuqarolari - 2 nafar yölovçi va ekipajning 9 nafar a'zosi.














