Tahririyatga bu tumanning Pomuq qişloğidan kelgan murojaatda yozilişiça, uşbu hududdagi bir neçta mahallada ğalati işlar sodir bölyapti. Odamlar har tong «bu safar kimning uyini öğri urib ketdi ekan» degan taşviş bilan uyğonayotgan ekan... Öğirlik toqat qilib bölmas darajaga yetibdi.
«Himoyasiz, beva, uyida erkagi yöq xonadonlarni-ku gapirmasa ham bölardi», deyiladi murojaatda.
Bugungi kunda bu kabi xabarlarga işonmay qöyganmiz, albatta. Axir, ötgan asrda yoki qonunsiz jamiyatda yaşamayapmiz! Ommaviy öğirlik, qörquv va hadik içida tong ottiradigan zamon ham emas hozir.
Şunday öy bilan Mirişkorning çekka qişloği – Pomuqqa yöl oldik.
Yölimizda duç kelgan ilk odam bilan suhbatlaşdik. Ajab! U yuqoridagi xabarni tasdiqladi va tez orada jabrdiydalarni yiğib beraman, deya mahalla oralab ketdi. Darhaqiqat, qişloq odamlari yiğilar ekan, sönggi ikki-uç oy içida kimningdir moli, qöy-eçkisi, yana kimningdir muzlatkiçi, kimningdir rözğor buyumlari öğirlanayotganini tasdiqlaşdi. Joy, vaqt, odam, buyum tanlamas şovvozlar paydo bölganmiş.

Misol uçun, pomuqlik Yaxşimurod Murodovning ikki boş eçkisini 27 dekabr kuni öğirlaşgan. Voqea odatdagidek keçasi bölgani uçun uy egalari öğrilikni sezmagan, qişloqdan bir kilometr nariga olib borib, söyib, göştini olib ketişgan. IIB mahalla profilaktika inspektoriga murojaat qilingan, ammo natija bölmagan. Yaxşimurod yana önga yaqin kişi öğrilik qurboniga aylanganini aytmoqda. Ularning ham mollari topilmagan.
Yiğilganlardan biri şu yaqin atrofdagi oilaning ham ikki qöçqorini dekabr oyi oxirlarida öğirlab ketişganini aytib qoldi. Öşa xonadonga bordik. Uy bekasi Dilbar Jumaturdiyeva bilan suhbatlaşdik.

– Özi ikki boş qöyim bor edi, öğlimning töyiga deb boqayotgandik, şuni ham öğirlab ketişdi, – deydi D.Jumaturdiyeva. – 22 dekabrda keçasi soat 02:00larda itimiz hurdi, çiqib qarasak, oğil eşigi oçiq, qöylar yöq. Xayriyat, molimizni olib ketişmabdi. IIBga ariza berganmiz. Kelib rasmga olib ketişdi, hozirça biror yangilik bölmadi. Sönggi ikki-uç oyda bunaqa voqealar köp bölyapti. Qöşnimizning ham ikki qöyini öğirlab ketişdi. Turmuş örtoği vafot etgan, bolalarining yolğiz qarovçisi. Ança qiynalib qoladigan böldi...


















