AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo hamda moliya vaziri Stiven Mnuçin OAV oldida qilgan çiqişida e'lon qilgan.

Sanksiyalar Eron AQŞning Iroqdagi bazalariga amalga oşirgan raketa zarbalari sabab kiritilgan. AQŞning bu galgi «qora röyxati»ga Eronning 17 ta yirik korxonasi kiritilgan bölib ular orasida temir, pölat, alyuminiy işlab çiqaradigan va tekstil korxonalari bor. Şuningdek, Eron Xavfsizlik kengaşining 8 vakili ham maxsus sanksiyaga uçragan.

Sanksiyalar 20 ta korxonaga tegişli bölib ular orasida Xitoy va Seyşel orollarida röyxatdan ötgan uçta korxona ham bor. Ular doimiy tarzda Eron metallurgiya mahsulotlarini sotiş bilan şuğullangan. Yangi sanksiyalarga köra, AQŞning «qora röyxat»iga tuşgan Eron korxonalari bilan işlaganlar ham (ya'ni uçinçi tomon) AQŞ sanksiyalariga uçraydi. Donald Tramp Eronga qarşi yangi sanksiyalar haqida 8 yanvar kuni ma'lum qilgandi.