Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash, bir kishi halok bo‘ldi
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida ta'mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada mazkur MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
17:50 / 03.02.2026
Yangi Jizzax shahri quriladi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
10:15 / 13.01.2026