Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Federal soliq xizmati (FNS) rahbari Mixail Mişustinni hukumat raisi lavozimiga tayinlaş taklifini kiritdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilgan.

Putin Mişustin bilan işçi uçraşuv ötkazgan va unga boş vazir lavozimini egallaşni taklif qilgan. Mişustin rozilik bildirgan.

Bugun, 15 yanvar kuni Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasini özgartirişni taklif qildi va Dmitriy Medvedev boşçiligidagi hukumatini iste'foga çiqardi.

Medvedev Putin bilan uçraşuvda davlat rahbarining konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi taklifi fonida bu qarorni töğri deb hisoblaşini, taklif qilingan özgarişlar ijro etuvçi, qonun çiqaruvçi va sud hokimiyati örtasidagi muvozanatni özgartirişini ta'kidlagan.

Putin Medvedev uçun Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari lavozimini taklif qildi.

Mixail Mişustin haqida

Mixail Mişustin 1966 yilning 3 martida Moskvada tuğilgan. 1989 yilda Moskva stankoinstrumental institutini (STANKIN) tamomlagan. Iqtisodiy fanlar doktori, Rossiya Federatsiyasining I toifadagi davlat maslahatçisi hisoblanadi.

U 1989-1992 yillarda - STANKIN aspiranti, 1992-1995 yillarda - Rossiyadagi eng katta kompyuter körgazmalaridan biri Xalqaro kompyuter klubining sinov laboratoriyasi direktori, 1995-1996 yillarda - klub boş direktori örinbosari, klub boşqaruv raisi bölgan.

1998 yil avgustida Rossiya Federal soliq xizmati raisi örinbosari lavozimiga tayinlangan. 1999 yil martidan 2004 yil martiga qadar RF Soliq va yiğimlar vaziri örinbosari bölgan, 2004 yil martidan 2006 yil dekabrigaça Federal köçmas mulk obektlari kadastri agentligini boşqargan. 2007 yil yanvaridan 2008 yil martiga qadar esa Federal maxsus iqtisodiy zonalarni boşqariş agentligiga rahbarlik qilgan.

2008 yil martida Mişustin UFG («OFG Invest») investitsiya kompaniyasi prezidentiga aylangan.