Bugun, 20 yanvar kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinçi majlisi bölib ötmoqda. Unda iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Mahalla» kengaşiga yangi rahbar tayinlanişi va u ham senator bölişini ma'lum qildi.
«Yaqinda eşitasizlar, «Mahalla»ning rahbarini ham almaştiramiz. Mahallaning tizimi ham boşqaça böladi, rahbari ham boşqa böladi. Biz mahallaning jamiyatdagi rolini kuçaytirmoqçimiz.
Şu sababli «Mahalla» kengaşiga ham özim işongan odamni olib kelmoqçiman. Farğona viloyati içki işlar boşqarmasini boşliğini bekorga çaqirganim yöq. U hali sizlardek senator böladi, «Mahalla»ning raisi böladi tez orada», degan Şavkat Mirziyoyev.
Ma'lumot uçun, «Mahalla» kengaşiga 2017 yilning yanvaridan buyon Şavkat Javlonov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Farğona viloyati IIBning ayni vaqtdagi boşliği esa Rahmat Mamatov hisoblanadi, u bu lavozimga 2017 yilning oktyabrida tayinlangan.

Bundan avvalroq, «Nuroniy» jamğarmasi raisi Şuhrat Jalilov lavozimini tark etib, uning örnini Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev egallagan, u prezident farmoni bilan senator etib tayinlangandi.
Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, işlab çiqariş sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
18 yanvar kuni prezident «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini tayinlaş töğrisida»gi farmoni bilan 13 nafar senatorni tayinlagandi, endi ular qatoriga 14-bölib Rahmat Mamatov qöşilişi ma'lum böldi.








