Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi bugun, 14 noyabr kuni Kun.uz'da e’lon qilingan “Lyuboy” işni bittada bitiradigan” profilaktika inspektori jazosiz qoldi” sarlavhali xabar yuzasidan tezkor munosabat bildirdi.

IIBB matbuot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning bayonotida Kun.uz'ning maqolasidagi “tanqid va e’tirozlar örinli” ekani ta’kidlangan.

“Albatta, uşbu holat jamoatçilik orasida “Samarqand IIBda şunday xodimlarga joy bor ekan-da, qonunlarni buzgan xodimlar jazosiz qolaverar ekan-da”, degan fikrni keltirib çiqaradi. Aslo! Naşrning uşbu maqolasini ham şaxsan boşqarma boşliği bilan ötirib muhokama qildik. Boşqarma boşliği Rahmat Toşnazaroviç doim bir gapni ta’kidlaydilar: “Bizning maqsadimiz xalqni rozi qiliş, unga xizmat qiliş, uning dardu-taşvişlari bilan yaşaş. Qaysi xodim buni çuqur anglab, xizmatini şu mezonda olib bormas ekan oramizda ularga joy yöq”.

Biz tizim şa’niga putur yetkazuvçi, öz manfaatlarini fuqarolar manfaatidan ustun qöyadigan, qöpol, kasb madaniyatini bilmaydigan xodimlardan şu zahoti voz keçamiz. Keçyapmiz ham, körsatyapmiz ham.

Yuqoridagi holat ham tegişli xizmatlarimiz tomonidan atrofliça örganib çiqildi. Yaqinda boşqarma boşliği uşbu profilaktika inspektorini katta yiğilişda otasi iştirokida ham qattiq ogohlantirgandi. Xulosa bölmayapti. Tez kunlarda uşbu profilaktika inspektori böyiça şunday qaror qabul qilinadiki, qaror jiddiy va keskin böladi. Buni keng jamoatçilikka e’lon qilamiz”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Qöşimça qilinişiça, viloyat IIBB boşliği Rahmat Mamatov bugun, 14 noyabrda Pastdarğom tumani IIB şaxsiy tarkibi bilan tanqidiy yiğiliş ötkazgan, unda inspektor Salohiddin Pardaqulov masalasida ham söz borgan.

Eslatib ötamiz