“Lyuboy” ishni bittada bitiradigan” profilaktika inspektori jazosiz qoldi
O‘zi nozirlik qiladigan hududda yashovchi fuqaroning “Equinox” avtomobilini olib qo‘yib, YTH sodir etib, mulk egasiga 62,5 mln so‘m zarar yetkazgan profilaktika inspektori jazosiz qoldi. Bu xodimga hatto viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning ham “tishi o‘tmadi”mi?

Samarqandning Past Darg‘om tumanida ishlovchi profilaktika inspektori fuqaroning “Equinox” avtomobilini dabdala qilgani, lekin unga chora ko‘rilmayotgani haqida Kun.uz oktyabr oyi boshida xabar bergan edi.
Noyabr oyi boshida esa Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi va unda 19 nafar profilaktika inspektori ishdan olindi. Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, o‘sha yig‘ilishga past darg‘omlik profilaktika inspektori Salohiddin Pardaqulov ham chaqirtirilgan.
Manbamizga ko‘ra, inspektor Pardaqulov boshqaga tegishli “Equinox”ni hujjatsiz boshqarib, YTH sodir etgani va zararni to‘lab bermayotgani uchun boshqarma boshlig‘i tomonidan qattiq tanbeh olgan. Inspektorning otasi ham yig‘ilishda turg‘azib qo‘yilgan.
“Vijdoning bo‘lsa, mashinalarning zararini to‘lab ber. Tizim sha’niga isnod keltirding. Jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lding”, degan Mamatov.
Boshqarma boshlig‘i profilaktika inspektorining xatti-harakati, ichki ishlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalarini buzgani sababli mas’ul o‘rinbosarlariga qonuniy qaror qabul qilish uchun topshiriq bergan.
Ammo, yig‘ilishdan o‘tganiga 10 kundan oshgan bo‘lsa-da, zarar ham qoplab berilmagan, inspektorga chora ham ko‘rilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Salohiddin Pardaqulov 2022 yilning 20 yanvar kuni o‘zi ishlayotgan mahalladagi fuqaroning mashinasini hujjatsiz boshqargan. U avtomobilda yo‘l harakati qoidalarini bir necha marta qo‘pol tarzda buzgan. Aynan YTH sodir etilishidan avvalgi holatlar ham videoregistratorga yozib olingan. Biroq sudda boshqa fuqaro aybdor deb topilgan va “Equinox”ga yetkazilgan 62,5 million so‘m zararni u to‘lashi belgilangan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, IIB boshlig‘i Mamatov ham asl vaziyat qanday bo‘lganini inobatga olib, profilaktika inspektorini mard va vijdonli bo‘lishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda
Jahon | 08:41
-
Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg
Jahon | 08:17
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

14:11 / 18.08.2024
Samarqandda pul evaziga qarzdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlandi

12:22 / 26.06.2024
Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

23:09 / 03.08.2023
Mirishkorda ko‘lda cho‘milayotgan profilaktika inspektori g‘oyib bo‘lgan. Prokuratura voqeani tekshirmoqda

17:53 / 01.08.2023