«Ijro organlarida, vazirlik va idoralarda gender tenglikni ta'minlaş, muhtarama opa-singillarimizga mas'ul lavozimlarni işonib topşiriş böyiça köp iş qilişimiz kerak.

Hokimlar yozib olinglar, quyi poğona hokimlariga ham aytasizlar. Har yili hokim menga bir marta yopiq xat yozadi, şaxsan prezidentga. Bir yilda qaysi lavozimga ayollar tavsiya qilingani, qaysi lavozimga tayyorlangani töğrisida. Yil yakuni böyiça hammangiz hisobot berasizlar.

Men tuman hokimi lavozimiga ham ayollarni izlayaman, lekin topolmayapman.

Ularni ham sinab köriş kerak, ularga ham imkoniyat beriş kerak. Ularning ham rolini kuçaytirişimiz kerak. Sizlarga yoqadimi, yöqmi, menga yoqadi.

Nima uçun? Ayollarimiz muammolarni çuqurroq bilişi, fidoyiligi, kuçli mas'uliyat tuyğusi, mehnatsevarligi bilan barçaga örnak böla oladi deb takror-takror aytmoqçiman», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.