«Mahalla» kengaşi raisi Şavkat Javlonov öz lavozimini tark etdi. U endi faoliyatini Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisining örinbosari vazifasida davom ettiradi. Bu haqda Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi saytida xabar berilgan.

21 yanvar kuni Respublika mahallalar kengaşi boşqaruvi binosida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan yiğilişda «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimiga şu paytga qadar Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Rahmat Mamatov nomzodi tavsiya etildi.

Rahmat Mamatov

Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi a'zolari tomonidan Kengaş raisining birinçi örinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodi bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.

Ma'lumot uçun, Şavkat Javlonov «Mahalla» kengaşiga 2017 yilning yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Rahmat Mamatov esa Farğona viloyati IIB boşliği lavozimiga 2017 yilning oktyabrida tayinlangandi.