2020 yilda ta’lim sohasida amalga oşirilişi zarur bölgan dolzarb masalalar, belgilangan maqsadli körsatkiçlar va islohotlarni jadallaştiriş böyiça rejalaştirilgan işlarning «yöl xaritasi» tasdiqlandi.
«Yöl xaritasi»da amalga oşiriş belgilangan asosiy masalalar içida Ta’lim sifatini oşiriş, öquv dasturlari va adabiyotlarni takomillaştiriş ham bor. Unga köra, darsliklar qayta körib çiqiladi, umumta’lim fanlariga mos xalqaro sertifikatlar reyestri şakllantiriladi, özbek tili va matematika fanlari böyiça maxsus imtihon metodikasi işlab çiqiladi, umumta’lim muassasalari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari unifikatsiya qilinişi ham mumkin.
Mazkur masala böyiça amalga oşirilişi belgilangan barça çora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
1. Bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro standartlarga moslaştiriş.
2020 yil 15 yanvargaça:
- mazmun jihatdan bir-biriga yaqin mutaxassisliklarni birlaştiriş;
- magistratura mutaxassisliklarini yiriklaştiriş;
- ilmiy faoliyatni tor sohalar böyiça amalga oşiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruh tuziş.
2020 yil 1 aprelgaça:
- amaldagi oliy ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari klassifikatorini xalqaro standartlarga moslaş.
2. Professional ta’lim tizimini takomillaştirişda vazirlik va idoralarning Milliy kvalifikatsiya tizimini joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarini jadallaştiriş.
- 2020 yil yanvar oyida — iqtisodiyotning barça tarmoqlari uçun Kvalifikatsion ramkalarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- 2020 yil 15 martgaça — milliy professional standartlarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- 2020 yil 1 iyungaça — milliy professional standartlarga muvofiq, boşlanğiç, örta va örta maxsus professional ta’lim tizimi uçun ta’lim dasturlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş.
3. Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlaş hamda öquvçi va talabalarda şakllanişi zarur böladigan bilim va könikmalar darajasini aniq belgilaş.
- 2020 yil 15 yanvargaça — tegişli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar va mutaxassislardan iborat konsultativ organni taşkil etiş, uning 2020 yil uçun iş rejasini tasdiqlaş;














