2019 yil yakuni bilan Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi (TSA) 42,2 mlrd. AQŞ dollariga yetdi, u 2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQŞ dollariga yoki 26,2 foizga oşdi. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, uşbu natija mamlakat tarixida eng yuqori körsatkiç sifatida qayd etildi.

TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati – 28,0 foiz) va import hajmi 24,3 mlrd. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati – 24,9 foiz) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQŞ dollari qiymatida passiv taşqi savdo balansi qayd etildi. 

Mamlakatning taşqi savdo faoliyatida mavsumiylik mavjud. Ya'ni, yil örtasida nisbatan yuqori faollik kuzatilib, oylik TSA iyul oyida özining eng yuqori qiymati – 4,8 mlrd. AQŞ dollari bilan respublikaning taşqi savdo muvozanatini ta'minladi. 2019 yil dekabrida TSA 3,9 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi va yilni passiv savdo balansi bilan yakunladi. 

Taşqi savdo aylanmasining çoraklar kesimida tahlillari şuni körsatdiki, eng yuqori TSA 12 mlrd. AQŞ dollari bilan 2019 yilning III çoragiga töğri kelib, 2017-2018 yillarga nisbatan 1,5 barobar oşganini körsatdi. 

2017-2019 yillardagi TSA ösişiga alohida e'tibor beriş talab etiladi. Ya'ni, 2019 yilning III çoragida passiv taşqi savdo balansi 6,7 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi va 2017 yilning I çoragidagi körsatkiçga nisbatan 2,4 barobar oşgan. 

Özbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oşirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 foiz), Rossiya Federatsiyasida (15,7 foiz), Qozoğistonda (8,0 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (6,0 foiz), Germaniyada (2,3 foiz) va Qirğizistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.