Unga köra, Özbekiston yaqin ön yillikda Jahon banki tomonidan yuritiladigan «Biznes yuritiş» (Doing Business) reytingida keskin yuqorilaşni maqsad qilgan va buning uçun barça zarur çoralarni köradi.
«Jahon bankining «Biznes yuritiş» indeksida Özbekistonni hozirgi 69-örnidan 2030 yilga qadar 20-öringaça kötariş yuzasidan barça zarur çoralar köriladi va bu böyiça prezident tomonidan aniq vazifalar hukumat oldiga qöyilgan», deya boş vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, «Doing Business» bu – örta va kiçik biznesning işbilarmonlik faolligini yaxşilaydigan yoki çeklaydigan qonunçilikni baholab boruvçi reyting hisoblanadi.
Reyting dunyoning turli davlatlarida biznes yuritiş qulayligini baholovçi körsatkiçlarni tahlil qiladi. Tahlillar biznes boşlaş, quriliş uçun ruxsat oliş, mol-mulkni röyxatga oliş, kredit oliş, elektr ta'minotiga ulaniş, soliq, xalqaro savdo, şartnomalarning bajarilişi va tölovga qodir bölmaslik kabi yönalişlarni öz içiga oladi.
«Doing Business» indeksining oxirgi ön yillikdagi natijalarida Özbekiston öz örnini keskin yaxşilab borayotganini köriş mumkin. Jumladan, sönggi 8 yilda Özbekiston uşbu reytingda 104 poğona ösişga erişgan.
Jahon banki uşbu indeks natijalarini sönggi bor 2019 yil yakunlari böyiça joriy yilning yanvar oyi boşida e'lon qildi. Unga köra, yillik hisobotda Özbekiston 7 poğona yuqoriga kötarilib, işbilarmonlik muhitini yaxşilaşda eng yuqori körsatkiçga erişgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.
Unga köra, Özbekiston 2019 yil yakunlari böyiça 100 baldan 69,9 ball töplab, 190 mamlakat orasida 69-örinni egalladi. 2018 yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-örindan 7 poğona yuqoriga kötarildi.









