Bugun, 22 yanvar kuni Özbekiston Milliy kutubxonasida Alişer Navoiyning ingliz tilida çop etilgan «Farhod va Şirin» dostonini taqdim etiş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zolari, şoirlar, yozuvçilar, tarjimonlar hamda kutubxona foydalanuvçilari iştirok etdi.

Navoiy qalamiga mansub «Farhod va Şirin» asari LLP «Wondernet Express Tashkent» kompaniyasi tomonidan naşr etilgan bölib, uşbu doston ilk bor ingliz tilida dunyo yuzini körmoqda.

Asarni şoir va tarjimon A'zam Obid ingliz tiliga tarjima qilgan.

«Ingliz tilida öqiydigan dunyo öquvçilari uçun «Farhod va Şirin» dostoni Ğafur Ğulomning proza asari asosida tarjima qilindi. Şoir sifatida şuni ayta olamanki, bugungi kunda dunyoda nazmdan köra köproq nasr öqilyapti. Şe'riyat öquvçilari kamayib bormoqda. Bizning maqsadimiz esa Alişer Navoiyning asarini köproq öquvçilarga yetkazişdan iborat. Şuning uçun ham «Farhod va Şirin»ning proza variantini tarjima qildik. Uşbu kitob hozirça 3 ming nusxada çop etildi. Kitobni köp nusxada Hindistonda qayta çop etişni rejalaştirganmiz»— dedi A'zam Obid.

Endilikda Milliy kutubxona foydalanuvçilari buyuk mutafakkir va şoir Alişer Navoiyning «Farhod va Şirin» dostonini ingliz tilida ham mutolaa qiliş imkoniyatiga ega böldi.