Baxşilarning çiqişlarini oynai jahon orqali kuzatganimda, yaşirib nima qildim, uzoq tinglab ötirişga sabrim yetmagandi. Bugungi zamonaviy kuy-qöşiqlarga, gumbur-gumbur ohanglarga örganganimiz uçunmi, oçiği, dömbira va baxşi ovozi allaqanday ğayriodatiy va zerikarli tuyulgandi. Boz ustiga, qiziqçilar negadir hadeb baxşilarni hajvga olişgani uçunmi, men kabi bugungi köplab yoşlar baxşi xonişini jiddiy qabul qilişmaydiyam. Ammo yaqinda bir sabab bilan qişloqqa mehmonga borganimda, butun tasavvurlarim ostin-ustun böldi. Sababi sokin oqşomda gulxan atrofida ötirib, baxşi navolarini tinglaşning gaşti boşqaça ekan. Televizor yoki radio orqali emas, baxşining yonida turib, asrlardan asrlarga ötib kelayotgan dostonlarni jonli eşitişni, rosti, heç narsa bilan soliştirib bölmas ekan. Eng zamonaviy musiqayu eng zör qöşiqçilarning aşulasi bir tomon, baxşi boboning dömbirasiyu ovozi boşqa tomon bölib qolarkan. Keng daştlarga hamohang nolalar, Alpomişning yuragidagi ötu, Barçinoyning nigohidagi sehr ta'rifi sizni ham beixtiyor maftun etib qöyarkan. Xullas, bir eşitdimu, baxşiçilik san'atiga mehrim tuşdi.
Şu davrada Pölkan baxşi degan nom va u haqdagi ayrim hayotiy hikoyalar ham quloğimga çalingan edi. Yaqinda esa bir ma'lumotni öqib, yoqa uşlab qoldim. Siz ham bir öqing-a: “Pölkan — baxşi böluvi ila barobar bir şoirdir. Bu odam hozir saksonga yaqin doston biladir. Bu dostonlarning beş-oltitasi zamonaviy bölib, qolganlari ötgan qahramonlar, botirlarga tegişlidir. Bir kun bu şoir bir yarim yildan beri Özbekiston Ilmiy Markazi uçun doston aytib beradi. Uni öqiş-yozişni bilmaganligi uçun aytgan dostonlari kotiblari tomonidan yozilib kelinmoqdadir”, deb yozgan ekan taniqli folklorşunos olim Hodi Zarif 1927 yilda. E'tibor berdingizmi, saksonga yaqin dostonni yod bilgan baxşi öqiş va yozişni bilmas emiş. Sobiq tuzum ta'biri bilan aytganda, ğirt savodsiz bölganmiş.
Şu örinda lirik çekiniş qilsak-da, Pölkan baxşi haqida ikki oğiz ma'lumot berib ötsak.
Atoqli xalq baxşisi, özbek dostonçilik maktabi asosçilaridan biri Muhammad Jomurod öğli Pölkan 1874 yilda xozirgi Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumaniga qaraşli Qatağon qişloğida, Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan. Undagi dostonçilikka mehr-muhabbat yuksakligini bilgan Qörğon dostonçilik maktabi namoyondalaridan biri, maşhur Jassoq baxşi uni öziga şogirdlikka qabul qiladi va 70dan ortiq dostonni örgatadi: «Göröğli» turkumidagi dostonlar, «Qironxon», «Orzigul», «Alpomiş», «Yodgor», «Rustam» turkumi va boşqalar. U Jassoq baxşining 12-şogirdi hisoblanadi. Şunday qilib, Muhammadqul 25 yoşida xalq dostonçisi sifatida elga taniladi.
Oktyabr inqilobidan keyin, Pölkan şoir köplab hamyurtlarimiz kabi sovuq Sibir örmonlariga mardikorlikka safarbar qilinadi. Ma'lumotlarga qaraganda Muhammadqul “Pölkan” taxallusini mardikorlikda yurgan paytida tanlagan. Bu jumla “polk” söziga “an” qöşimçasi qöşiluvidan hosil bölgan, degan qaraşlar bor. Boşqa ma'lumotlarga köra “Pölkan” qadimgi möğulçada “uluğ”, “katta” ma'nolarini anglatadi. Baxşi şoir şu sababli bu sözni taxallus sifatida qabul qilgan bölişi mumkin.











