Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi raisining birinçi örinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatov senator etib tayinlandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev R.T.Mamatovni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib tayinlaş töğrisidagi farmonini imzolagan.

«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi raisining birinçi örinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boşqaruvi raisi Mamatov Rahmat Toşnazaroviç Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib tayinlansin», deyiladi hujjatda.

2017 yilning oktyabridan buyon Farğona viloyati IIB boşliği lavozimida işlab kelgan Rahmat Mamatov 21 yanvar kuni «Mahalla» kengaşiga rais etib tayinlangandi. Kengaşning avvalgi rahbari Şavkat Javlonov esa Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisining örinbosari lavozimiga ötkazilgan.

Bundan avvalroq Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev ham «Nuroniy» jamğarmasi raisiga aylantirilib, prezident farmoni bilan senator etib tayinlangandi. Jamğarmaning avvalgi rahbari Şuhrat Jalilov Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmalari taşkilotlari Respublika Kengaşi raisiga maslahatçi etib tayinlangan.

18 yanvar kuni prezident «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini tayinlaş töğrisida»gi farmoni bilan 13 nafar senatorni tayinlagandi, Rahmat Mamatov ular qatoriga 14-bölib qöşildi.