Hozirgi kunda taxminan 300 ming nafar Özbekiston fuqarosi Rossiya hududidan deport qilingan. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tursunovga köra, deport qilinganlarning röyxatini şakllantiriş agentlik vakolatiga kirmaydi, bu masalaga Taşqi işlar vazirligi oydinlik kiritişi mumkin.

«Bizdagi ma'lumotga köra, hozirgi kunda Rossiyada hududidan deport qilinganlar soni 300 ming nafarni taşkil qiladi. Deport qilinganlar soni statik, ya'ni özgaruvçan ma'lumot bölib, deport qilinganlarning qöşilişi yoki yoki taqiqning yeçilişi tufayli mazkur körsatkiç özgarib turadi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunov
Foto: AOKA

Biror davlatga ma'lum vaqtga kiriş taqiqi qöyilişi «deportatsiya» deyiladi. Fuqaro migratsion qonunçilikni buzganida, unga uç kun mobaynida davlatdan ixtiyoriy çiqib ketiş imkoni beriladi. Agar migrant şu vaqt oraliğida öşa mamlakatni tark etmasa, keyingi safar sud qaroriga asosan, majburiy tarzda davlatdan çiqarib yuboriladi va u yerga qaytib kirişiga muayyan muddatga taqiq qöyiladi», – deya dedi Tursunov 23 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda xorijda yurgan özbekistonliklar soni salkam 2 million nafarni taşkil etadi.

Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti birinçi kotibi Rustam Ğoziyevning aytişiça, hozirgi paytda Rossiyada qança özbek migrantlari mavjudligi böyiça aniq raqamlar mavjud emas.

Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti birinçi kotibi Rustam Ğoziyev
Foto: AOKA

«Çunki qonuniy işlayotgan yurtdoşlarimizga nisbatan noqonuniy mehnat qilayotganlari köpçilikni taşkil qiladi. Patent narxining qimmatligi, rus tili va boşqa masalalarda imtihon topşiriş muammosi borligi, til biliş va huquqiy madaniyat borasida yetarli bilim yöqligi tufayli aksariyat muhojirlar qonuniy işlaşni xohlamasligi ma'lum böldi.