«Ahmadboy işi» böyiça jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qisman qoplab beriş boşlandi. Bu haqda 28 yanvar kuni Majburiy ijro byurosining Toşkent viloyati boşqarmasida OAV vakillari uçun ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi doirasida 11 ming 700 nafar jabrlanuvçiga umumiy hisobda 418 mlrd 293 mln 345 ming söm zarar yetkazilgani aniqlangan. Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2019 yil 20 may kungi hukmi bilan xalq orasida Ahmadboy deb nom olgan Ahmad Tursunboyev va boşqalarga oid jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov davrida xatlangan xorijiy va milliy valutadagi pul, köçmas mulk, avtotransport va zargarlik buyumlari sotuvga qöyilgan.

Tadbirda «Ahmadboy işi» böyiça milliy valutadagi 26 mlrd 708 mln 295,7 ming söm pul, 12 mln 580 ming 622 AQŞ dollari, şuningdek, zargarlik buyumlari, 29ta köçmas mulk, 8 turdagi avtotransport vositalari va boşqa mol-mulklar jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş uçun xatlangani ma'lum qilindi.
Mazkur mol mulklar sud qaroriga asosan sotuvga qöyilib, sotuvdan tuşgan pul mablağlarini jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş uçun proporsional tarzda taqsimlaş belgilangan. Bugundan sotuvdan tuşgan pul yetkazilgan zararni qoplaş uçun Majburiy ijro byurosining Toşkent viloyati boşqarmasi tomonidan zarar miqdoridan kelib çiqqan holda proporsional tarzda jabrlanuvçilarning plastik kartoçkalariga ötkazib berila boşlangan.

«Olib borilgan ijro harakatlari davomida dastlabki tergov davrida xatlangan mazkur mol-mulklarlarning bahosi hozirgi kundagi bozor qiymatiga mutanosibligi aniqlaş maqsadida qayta baholaş lozimligi yuzasidan jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudiga ariza bilan murojaat qilingan. Sud ajrimiga asosan mol-mulklarni qayta baholaş belgilangan. Natijada qarzdorlarga tegişli köçmas mulk obektlari va avtotransport vositalari xatlanib, röyxatga olindi, ayni paytda ularni baholaş va realizatsiya qiliş çoralari körilmoqda.
Ijro harakatlari natijasida qarzdorning 3 turdagi köçmas mulk obektlari va 1ta avtotransport vositasi elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilib, pul mablağlari Byuroning Toşkent viloyati boşqarmasi depozit hisob raqamiga kelib tuşgan.
Bugungi kun holatiga, Byuroning Toşkent viloyati boşqarmasiga 4 mingdan ortiq jabrlanuvçilar, undirilgan pul mablağlarini şaxsiy plastik karta hisob raqamlariga ötkazib berişni sörab murojaat qilgan», deya MIB Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari Bekzod Mengliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.









