27 yanvar kuni Afğonistonning Ğazni viloyatidagi samolyot qulaşi oqibatida AQŞ markaziy razvedka byurosi ofitseri, taşkilotning Eron, Iroq va Afğonistondagi operatsiyalarida faol qatnaşgani aytiladigan Maykl D’Andrea ham halok bölgan bölişi mumkin. Bu haqda Eron telekanallariga tayanib «BBC Monitoring» yozmoqda.

Eron telekanallarida aytilişiça, Maykl D’Andreaning laqabi «oyatulloh Maykl» bölgan. U Yaqin Şarq harbiy vakillari orasida maşhur bölgan.

Eronliklarning ma'lum qilişiça, D’Andrea 3 yanvar kuni general Qosim Sulaymoniyni öldiriş operatsiyasiga boşçilik qilgan.

27 yanvar kuni Afğonistonning markaziy qismida, «Tolibon» harakati nazoratida bölgan hududda samolyot qulab tuşgan edi. Dastlabki xabarlarda bu samolyot Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining yölovçi samolyoti bölgani, uning bortida 100 nafardan ortiq kişi bölgani haqida aytilgandi.

Köp ötmay «Tolibon» vakillari Ğaznida razvedka işlarini olib borayotgan samolyotni Deh-Yak tumani hududida urib tuşirişganini ma'lum qildi.

AQŞ harbiy qömondonligi Afğonistonda qulagan Bombardier E-11A samolyoti amerikalik harbiylarga tegişli bölganini tasdiqlagan holda u duşman tomonidan urib tuşirilgani borasida fakt yöqligini ma'lum qildi.