Ukrainalik tadbirkor Rinat Axmetov Fransiyaning Lojuvard sohilida joylaşgan 200 mln yevrolik villani sotib oldi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Les Cèdres deb nomlanadigan uşbu villa Örta yer dengizi böyidagi Sen-Jan-Kap-Ferra kommunasida joylaşgan. XIX asrda qurilgan villa XX asr boşida Belgiya qiroli Leopold II’ga tegişli bölgan, söngra Grand Marnier konyagi işlab çiqaruvçi Marne-Lapostol oilasi mulkiga aylangan.
2016 yilda Grand Marnier’ni işlab çiqaruvçi kompaniyani Campari konserni sotib olgan. Aynan şu konsern villani Axmetovning SCM Holdings Limited kompaniyasiga sotgan. 14 ta yotoqxonasi bölgan villaning umumiy maydoni 1700 kvadrat metrni taşkil qiladi.
Rinat Axmetov Forbes naşriga köra, Ukrainaning eng boy odami hisoblanib, u 2018 yilda 6 mlrd dollar boylik bilan eng badavlat odamlar reytingida 272-örinni egallagan. Naşr ma'lumotlariga köra, milliarderning boyligi bir yil içida 500 mln dollarga köpayib, u 2019 yilda reytingda birdaniga 62 öringa yuqorilagan.
Ta'kidlanişiça, Axmetov 2011 yilda Londondagi eng qimmat kvartirani sotib olgan. Gayd-parkda joylaşgan apartamentlar unga 137 mln funt sterlingga tuşgan.








