Yaqinda Hisor davlat qöriqxonasi xodimlari toğning Şahrisabz tumani hududida qor barsini körib qolişganini ma'lum qilişdi. Bu haqda Kun.uz’ga Şahrisabz tumani hokimligi xabar bermoqda.
Qöriqxona xodimlari qor barsining suratini olişga ham muvaffaq bölişgan. Hokimlik axborot xizmati xodimining sözlariga köra, toğli hudud aholisi va qöriqxona xodimlari bundan oldin sönggi marta 2010 yilda qor barsiga duç kelişgan.
Ma'lumotlarga köra, hayvonot olamida juda ham kamayib borayotgan, Markaziy va Janubiy Osiyo jonivorlari podşohi deb ataladigan ilvirs bugungi kunda dunyo miqyosida 16ta mamlakatda 3-4 mingtagaça borligi tasdiqlangan. Barça davlatlarda «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Mutaxassislarning ma'lum qilişiça, qor barsining kamayib ketişiga asosiy sabab sifatida oziq-ovqat bazasining yetişmovçiligi keltiriladi. Şu sababdan ular borgan sari toğlarning yuqori qismiga qarab ketmoqda. Şuningdek, ularning kamayişiga ekologiya yomonlaşuvi va insonning tabiatga aralaşuvi kabi salbiy omillar ham ta'sir körsatmoqda.
Mazkur omillarni yaqindan örganiş va öquvçilarga yetkaziş maqsadida Kun.uz jamoasi tomonidan Hisor toğ tizmalarida ekspeditsiya uyuştiriş rejalaştirilgan.












