Köpgina hududlarda örnatilgan transformatorlarning nisbatan eskirgani, qiş mavsumida zöriqib işlaşi natijasida avariya holatlari yuzaga keladi. Işdan çiqişi köplab iste'molçilarning ma'lum muddat elektrsiz qolişiga sababçi böladi.

Odatda işdan çiqqan transformatorlar Toşkentga olib borilib, ta'mirlanardi. Bu esa ma'lum miqdordagi xarajat hamda vaqt talab etardi.  “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati taşabbusi bilan energotizimning Samarqand viloyatidagi işlab çiqariş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş maqsadida “Samarqand şahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” hududida transformatorlarni ta'mirlaş ustaxonasi faoliyati yölga qöyildi.

Ma'lumotga köra, birgina 2019 yil davomida Samarqand viloyati böyiça jami kuygan transformatorlar soni 758 tani taşkil etadi. 2020 yilning bugungi kuniga qadar esa 48 marta transformatorlar işdan çiqişi kuzatilgan.

Yuqorida aytib ötilgan sexda eskirgan hamda ta'mirtalab transformatorlar ham qayta ta'mirlanib yana xizmat körsatiş uçun qaytariladi.  

Birlamçi hisob-kitoblarga qaraganda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi quriliş dasturi töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş jarayonda, mazkur korxona yetarliça sof foyda olib kelişi ma'lum böldi.

Mazkur foydani kelgusi yil işlab çiqariş samaradorligini oşirişga hamda ustaxona faoliyatini kengaytirişga qaratiş belgilandi.

Endilikda şartnoma asosida qöşni viloyatlarga ham texnik xizmat körsatiş böyiça kelişuvlar yölga qöyilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, eskirib ketgan simyoğoçlar yuzasidan ham iste'molçilardan murojaatlar tuşadi. Mazkur muammo “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati e'tiborida bölib, sönggi bir yilda  Samarqand şahri aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida 420 ta simyoğoçlar temir-beton ustunlarga almaştirilgan va bu jarayon davom etadi.

Şuningdek, 351 kilometr tarmoq, 162 ta TP mukammal ta'mirlandi. 400 kilometr havo elektr liniyalari joriy ta'mirlanib 20 dan ortiq mahallada elektr ta'minotini yaxşilaşga erişilgan.