Biroq oradan şunça vaqt ötganiga qaramay, haligaça komissiya xulosasi, fojianing sabablari hamda aybdorlari ma'lum qilinmadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği Qudratullo Odinayev 29 yanvar kuni Kun.uz muxbirining Hukumat komissiyasi xulosasi nega keçikayotgani haqidagi savoliga quyidagiça javob berdi.
«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari Hukumat komissiyasi tarkibida iştirok etiş uçun jalb qilingan bölib, vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi iştirokida baxsiz hodisa sabablari örganib çiqilmoqda. Fojia oqibatida halok bölganlarga tölanişi kerak bölgan tovon pullarini hisoblaş jarayonlari davom etmoqda. Barça taşkilotlarning xulosalari umumlaştirilgan holda prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Şuningdek, hodisa qurbonlarining oilalariga tovon pullarini tölaş böyiça tegişli tartibda prokuratura bilan hamkorlik olib borilmoqda. Uzoği bilan 2-3 kun içida komissiya xulosasi e'lon qilinadi va bu haqda OAV orqali jamoatçilikka ma'lumot beriladi», dedi Qudratullo Odinayev.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda 5 va undan ziyod kişining ölimiga sabab bölgan baxsiz hodisalar Hukumat qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekşirilişi, komissiya 15 kun mobaynida baxsiz hodisani tekşirib çiqib, maxsus tekşiriş dalolatnomasini tuzişi kerakligi belgilab qöyilgan.
Hukumat komissiyasi dalolatnomasiga asosan marhumlarning ölimi ularning mehnat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holda yuz bergani tasdiqlansa, qonunlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda boşqa tölovlar ham amalga oşirilişi lozim böladi. Jumladan, Mehnat kodeksining 192- va 193-moddalari xodimning vafoti munosabati bilan uning qaramoğida bölgan şaxslarga zarar tölovlari tölanişi lozimligini közda tutadi.











