Bugun, 17 yanvar. 6 nafar hamyurtimizning bevaqt ölimiga sabab bölgan Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan baxsiz hodisaga bir oy töldi.

2019 yilning 18 dekabrida, fojia röy berganidan bir neça soat ötib Vazirlar Mahkamasining 1058-sonli farmoyişiga muvofiq hodisa sabablarini örganiş, oqibatlarini bartaraf etiş hamda kelgusida şu kabi holatlarni oldini oliş böyiça Hukumat komissiyasi tuzilgandi.

Keyinroq, hodisa oqibatida halok bölgan 6 nafar işçilarning har biri uçun 100 mln. sömdan kompensatsiya tayinlanib, pullar marhumlarning yaqinlariga tölab berilgani haqida xabar qilindi.

Ma'lumki, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holda vafot etişiga sabab bölgan baxsiz hodisalar maxsus tekşirişdan ötkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça korxonalar, muassasalar, taşkilotlar hududida va uning taşqarisida mehnat vazifalarini bajarayotganda yuz bergan jarohatlaniş, zaharlaniş, portlaş, falokatlar, imoratlar, inşootlar va konstruksiyalar buzilişi, kuyiş, muzlaş, elektr toki va yaşin urişi, şuningdek tabiiy ofatlar (şu jumladan, öpirilişlar) tufayli salomatlikning boşqa xil şikastlanişlari bilan boğliq baxsiz hodisalar tekşiriladi va hisobga olinadi.

Uşbu nizom talabiga köra, 5 va undan ziyod kişining ölimiga sabab bölgan baxsiz hodisalar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekşiriladi.

Maxsus tekşiriş komissiyasi 15 kun mobaynida baxsiz hodisani tekşirib çiqadi, korxonadagi mehnatni muhofaza qiliş ahvolini, agar zarur bölsa, tarmoqning boşqa korxonalarida ham tekşirişni taşkil etadi, maxsus tekşiriş dalolatnomasini tuzadi.

Mazkur dalolatnomaga asosan marhumlarning ölimi ularning mehnat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holda yuz bergani tasdiqlansa, qonunlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda boşqa tölovlar ham amalga oşirilişi lozim böladi.

Jumladan, Mehnat kodeksining 192- va 193-moddalari xodimning vafoti munosabati bilan uning qaramoğida bölgan şaxslarga zarar tölovlari tölanişi lozimligini közda tutadi.